Ayrim yovvoyi hayvonlarni uyda saqlash taqiqlanmoqda

    Yashil sayyora 8 Sentabr 2023 1183

    Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida”gi Qonunga qo'shimcha va o'zgartish kiritildi

    Unga ko'ra, aholi tomonidan ayrim turdagi yovvoyi hayvonlarning yarim erkin sharoitlarda, sun'iy yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlanadi.

    Mazkur hayvonlarning ro'yxati hamda ularni yuridik shaxslar (tashkilotlar) tomonidan saqlash tartibi Hukumat tomonidan belgilanadi.

    Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan kuchga kiradi.