AyTi mutaxassisi sifatida masofadan pul topish uchun xalqaro platformalar haqida eshitganmisiz?

    Turli sohalarda masofadan turib ishlashga qiziquvchilar dastlabki qadamlarni qanday tashlashni bilmasligi tabiiy holat. Hozirda ko‘plab yoshlar uyida o‘tirib, internet orqali dasturlash, logistika, tarjimonlik, reklama, repetitorlik kabi xizmatlarni ko‘rsatmoqda.

    Frilanserlikni endi boshlash niyati bor yoki tajribaga ega insonlar uchun ushbu quyidagi frilans platformalari bilan tanishishingiz mumkin.

    Upwork – dasturchilar va boshqa mutaxassislarga o‘z xizmatlarini taklif qilish imkoniyatini beruvchi xalqaro platforma. Mijozlar bu platformada yuqori darajadagi bilim va tajribaga ega mutaxassislar jamlanmasi ekanligi uchun yaxshi ko‘radilar. Bu yerda ingliz tilini bilish muhim afzallik hisoblanadi.

    Toptal – bu tajribali dasturchilar uchun yopiq platforma. Asosiy e’tibor frilanserlarning bilim darajasiga, tilni bilish darajasi va professionalligiga qaratiladi.

    Guru – saytda potensial mijozlarga frilanserlarning ishonchliligini isbotlashga yordam beradigan va ishga olish jarayonini soddalashtiradigan sistema mavjud. Frilanserlarga har kuni bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi xabarnomalar ham taqdim etiladi.

    Stack overflow – dasturchilar va mahsulot muhandislari uchun bo‘sh ish o‘rinlarini ko‘rsatib beruvchi sayt. O‘zingizning xohishlaringizga mos keladigan ishlar haqida xabarlarni muntazam ravishda olib turish mumkin.

    Freelancer – yetakchi frelans platformalaridan biri. Standart buyurtmalarga qo‘shimcha ravishda, tender tizimi mavjud bo‘lib, unda ijrochilar o‘z loyiha takliflarini taqdim etadilar va buyurtmachi tanlov g‘olibini tanlagan holda bajarilgan ish uchun haq to‘laydi.

    Fiverr – bu yerda narxlari juda yuqori buyurtmalar ham bor. Fiverr’da yaxshi pul ishlash uchun frilanserlar o‘z darajalarini oshirib borishlari kerak. Eng qimmat ish haqqi “Top Rated” nishoniga ega frilanserlar uchun to‘lanadi.

    PeoplePerHour platformasining o‘ziga xos xususiyati – sun’iy intellekt bo‘lib, u tafsilotlarni tahlil qiladi va mos keluvchi mijozlar hamda frilanserlarni topishga yordam beradi.

    Barcha kerakli ma’lumotlarni saqlab oling va masofadan daromad topishga qiziquvchi do‘stlaringizga ushbu postni ulashing.