Savdo markazidagi bir nechta doʻkonlar yopiqligi tufayli talon-taroj qilgan 22 yoshli yigitni politsiya hibsga olgan. Bu haqda “FAKT” portali xabar berdi. Jinoyatchi poytaxtning yirik savdo markazlarini oʻgʻirlaganlikda gumon qilinmoqda.
Savdo markazi yopilgunga qadar gumondor shaxs deraza yonida maneken koʻrinishida qimir etmay turib, xaridorlar va sotuvchilarning ketishini kutgan. Soʻng zargarlik buyumlari peshtaxtasi tomon yoʻl olgan. U qimmatbaho kiyim-kechak doʻkonida kiyinib, kassadan tushgan pulni oʻgʻirlagan.
Xavfsizlik xizmati xodimi oʻgʻrini videokuzatuv kamerasida koʻrib qolgan va tezda politsiyaga murojaat qilgan. Jinoyatchi qoʻlga olingan hamda unga 10 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin, deb xabar bermoqda “REGNUM” axborot agentligi.