“Ozarbayjon fuqaro aviatsiyasi davlat agentligi bilan kelishilgan holda qabul qilingan qaror [Rossiyaning bir qator shaharlariga Bokudan parvozlarni bekor qilish to'g'risida] J2-8243 Baku – Groznыy reysini amalga oshirgan Embraer 190 samolyoti halokati bo'yicha tergovning dastlabki natijalariga asoslanadi, jismoniy va texnik tashqi ta'sirlar va parvozlar xavfsizligi uchun potensial xavfni hisobga oladi” deyiladi aviakompaniya matbuot xizmati reyslarning to'xtatilishi sababini tushuntirib bergan bayonotida.

Avvalroq AZAL kompaniya halokat bo'yicha tergov tugaguniga qadar Rossiyaning yetti shahriga parvozlarni to'xtatayotganini ma'lum qilgan edi, deb xabar beradi tass.ru.