"Azerbaijan Airlines" Bokudan Samarqandga parvozlarni yo'lga qo'yadi

    Toshkentga esa parvozlar sonini oshiradi

    Oktabr oyi boshidan Ozarbayjonning AZAL milliy aviatashuvchisi O'zbekistonning yana bir shahri — Samarqandga parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deb yozadi aviakompaniyaning rasmiy sayti – www.azal.az

    Parvozlar haftasiga ikki marta – seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

    Shuningdek, Ozarbayjon Havo Yo'llari Boku — Toshkent — Boku yo'nalishi bo'yicha parvozlar chastotasini haftasiga 5 martagacha oshiradi.

    Hozirda ikki poytaxt o'rtasida muntazam qatnovlar dushanba, chorshanba va shanba kunlari amalga oshirilmoqda, tez orada payshanba va yakshanba kunlari ham amalga oshiriladi.

    Aviachiptalar savdosining ochilishi yaqin kunlarda aviakompaniyaning rasmiy sayti – www.azal.az da kutilmoqda.