Tadbirda 30 dan ziyod mamlakatlardan vazirlar va diplomatlar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, ilmiy tashkilotlar – SHHT, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Jahon banki, Islom oziq-ovqat xavfsizligi tashkiloti, Osiyo taraqqiyot banki kabi xalqaro tashkilotlardan vakillar ishtirok etishi kutilyapti.
Konferentsiya doirasida qatnashchilar O'zbekiston agrar tarmog'idagi islohotlar samarasi bilan yaqindan tanishish barobarida, sohadagi ilmiy ishlanmalar, innovatsion g'oya va tashabbuslar bo'yicha dunyoda qo'llanilayotgan tajribani o'rganishadi, muhokama qilishadi. Binobarin, oziq-ovqat ta'minoti bugun butun dunayoda dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda.
FAO baholariga ko'ra, hozir dunyo bo'ylab 2,3 mlrd inson oziq-ovqat etishmovchiligi holatida yashamoqda. Ularning 566 millioni (25%) Osiyoda istiqomat qiladi.
FAOning Markaziy Osiyo bo'yicha submintaqaviy koordinatori Viorel Gutsuning qayd etishicha, mazkur konferentsiya FAO va O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlik yanada rivojlanishiga xizmat qiladi. SHuningdek, u dunyoda agrooziq-ovqat tizimlarini rivojlantirish borasidagi chaqiriqlar va echimlarni muhokama qilish uchun yaxshi maydon bo'ladi.
Oziq-ovqat xavfsizligi bo'yicha xalqaro konferentsiya doirasida O'zbekiston agrooziq-ovqat salohiyati ko'rgazmasi va I O'zbekiston Agrooziq-ovqat investitsiya forumi o'tkaziladi. Forumda Germaniya, Italiya, Isroil, Vengriya, Koreya Respublikasi, Pol`sha, Ozarboyjon, Qozog'istondan 50 dan ziyod kompaniya vakillari qatnashadi.