Azimut aviakompaniyasi Sochi va Buxoroni toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar bilan bogʻladi

    Transport 30 Yanvar 2023 1216

    Joriy yil 30-yanvarda mahalliy vaqt bilan soat 00:40 da Rossiyaning “Azimut” aviakompaniyasining Sochidan uchgan samolyoti “Buxoro” xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi. Anʼanaga koʻra, ekipaj va yoʻlovchilar karnay va suray sadolari ostida tantanali ravishda kutib olindi.

    Sochi — Buxoro — Sochi yoʻnalishi boʻyicha charter reyslar Sukhoi Superjet 95 samolyotida haftada bir marta — yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

    Eslatib oʻtamiz, “Azimut” aviakompaniyasi Mineralnыye Vodыdan Toshkent, Samarqand, Qarshi, Navoiy, Urganch, Buxoro xalqaro aeroportlariga, Fargʻona va Namanganga esa charter reyslarini amalga oshiradi. Bundan tashqari, Rossiya aviatashuvchisi Toshkent va Samarqandni Moskvaga muntazam qatnovlar bilan bogʻlagan, deb xabar beradi Uzbekistan Airports.

    Azimut — Rostov-na-Donu va Krasnodarda joylashgan Rossiya aviakompaniyasi.