Qayd etish joizki, Sindzo Abe Yaponiya tarixida eng uzoq muddat Bosh vazir lavozimida faoliyat yuritgan va mamlakat rivojiga ulkan hissa qo’shgan siyosiy arbob bo’lgan. O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi munosabatlarning mustahkam poydevorga ega bo’lishda ham marhumning xizmatlari kattadir.

Kuni kecha 67 yoshida bu dunyoni tark etgan Sindzo Abening vafoti munosabati bilan butun dunyodan hamdardlik bildirilmoqda. Sindzo Abe Yaponiya va, umuman, jahon tarixida yetuk siyosiy arbob hamda adolatli rahbar sifatida muhrlanib qoladi.