Bugungi kunga kelib O‘zbekistonning ushbu shahar bilan hamkorligi jadal rivojlanmoqda, bunda 2019-yilda Toshkent-Nagoya shaharlari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan sheriklik aloqalarining ahamiyati katta.
Takasi Kavamura O‘zbekiston Prezidentining Nagoyaga tashrifi shahar tarixida misli ko‘rilmagan hodisa bo‘lganligi va bu tashrif ikki xalq o‘rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichini boshlab berganini faxr bilan ta’kidladi.
Ta’kidlash joizki, 2020-yil 19-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Nagoya shahridagi I «Toshkent kuni» forumi ishtirokchilariga onlayn murojaat qilib, ularga tabrik yo‘llagan hamda mazkur rasmiy tashrifi siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalar hamda turizm sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash yo‘lida muhim zamin yaratganini ta’kidlagan edi. Ochilish marosimida Nagoya shahri meri janob Takasi Kavamura qatnashgan.
«O‘zbekiston qadim zamonlardan buyon jahon sivilizatsiyalarining chorrahasi va Buyuk Ipak yo‘lining markazi sanalgan. Yaponiya xalqi esa O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro va Xorazm kabi tarixiy markazlarini juda sevadi. Koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan cheklovlar tufayli joriy yil yapon sayyohlari O‘zbekistonga tashrif buyura olmadi. O‘zbekiston hukumati tomonidan «Uzbekistan Safe travel GUARANTEED» sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi tizimi joriy etilganligi bois bugungi kunda yapon sayyohlari uchun O‘zbekistonga sayohat xavfsiz hisoblanadi».
Uchrashuv davomida tomonlar iqtisodiyot, madaniyat, turizm va ta’lim sohalarida ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarining joriy holati va kelgusidagi istiqbollarini muhokama qilishdi. Toshkent va Nagoya shaharlari o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik, turistik salohiyatni birgalikda targ‘ib qilish, mutaxassislar almashinuvi, aviaqatnovlar va boshqa o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Toshkent va Nagoya shaharlari hayvonot bog‘lari faoliyatini rivojlantirish, hamkorlikda tadbirlar o‘tkazish, jumladan Toshkentda Yaponiya ijodiy va sport jamoalari ishtirokida «Nagoya kunlari»ni tashkil qilish, shuningdek mahalliy organlar, institutlar va biznes hamjamiyatlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga doir kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Turizma va sport vazirligi matbuot xizmati.