Boks boʻyicha ikkinchi oʻrta vazn (76,2 kg) toifasida WBC Silver kamari sohibi yurtdoshimiz Azizbek Abdugʻofurovning navbatdagi jangi sanasi maʼlum boʻldi.
U 20-mart kuni Moskvada tashkil etiladigan jang oqshomida ringga koʻtariladi. Azizbekka rossiyalik Pavel Silyagin raqiblik qiladi. P. Silyagin olti marta ringga chiqib, barchasida gʻalaba qozongan. Toʻrtta uchrashuvni muddatidan oldin tugatgan. Mazkur jangda bokschimiz oʻziga tegishli boʻlgan WBC Silver kamarini himoya qiladi.
Eslatib oʻtamiz, Azizbek Abdugʻofurov professional boksda 13 marotaba jang oʻtkazib, barchasida ustunlikka erishgan. Beshta raqibini nokautga uchratgan.