Azmu shijoatingiz, sogʻlom dunyoqarashingiz, baxtu iqbolingiz – millionlab ota-onalar, ustoz-murabbiylar, yaqinlaringizning ham baxtu saodatidir — Prezident

    Siyosat 30 Iyun 2025 489

    Prezidentimiz bugun “Kreativ iqtisodiyot”, “Raqamli yashil tashabbuslar”, “Yoshlar tadbirkorligi va startaplar” va “Yosh innovatorlar” maydonchalaridagi oʻgʻil-qizlarimiz bilan muloqot qilib, hozirgi yoshlarimiz – Yangi Oʻzbekistonning haqiqiy bunyodkorlari ekaniga yana bir bor amin boʻlganini taʼkidladi.

    “Men sizlar bilan faxrlanaman! Sizlarning har bir yutugʻingiz bu – koʻp millatli butun xalqimizning yutugʻidir.

    Azmu shijoatingiz, sogʻlom dunyoqarashingiz, baxtu iqbolingiz – millionlab ota-onalar, ustoz-murabbiylar, yaqinlaringizning ham baxtu saodatidir”, — dedi davlatimiz rahbari.