Ular er yuzida azon ovozi sutkasiga 24 soat davomida 1 daqiqa ham to'xtamasdan yangrab turishini isbotladilar.
Bu haqda BAAlik olim Abdulhamid al-Fozil arab jurnali «Al-Balal Islami»ga xabar bergan. Olimning tushuntirishicha, bizning sayyoramiz 360 ta vaqtli meridianlarga bo'linadi. Bu meridianlardan har biri boshqasidan roppa-rosa 4 daqiqaga farq qiladi. Azon to'g'ri talaffuz etilsa, u aynan 4 daqiqa davom etadi.
Shuning uchun 1 meridian (nuqta)da azon aytib bo'linsa, shu zahoti boshqasida boshlanadi. Shu tartibda azon to'xtovsiz, er yuzida 1440 daqiqa yoki sutkasiga 24 soat yangrab turadi.