Joriy qoʻshma loyihalarni amalga oshirish ishlari va ikki davlat oʻrtasidagi sarmoyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari muhokama etildi.
Tadbir yakuni boʻyicha tomonlar keyingi hamkorlik formatini ishlab chiqdilar. Energetika, yengil va togʻ-kon sanoati, mashinasozlik, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi, taʼlim, transport va logistika sohalarida, shuningdek, hududlarda infratuzilmani yaxshilash boʻyicha hamkorlikdagi ishlarning asosiy bosqichlari kelishib olindi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.