Tashrifdan koʻzlangan maqsad arab davlatlarida Oʻzbekistonning tarixiy shaharlari, milliy hunarmandchiligi va gastronomiyasiga oid turkum kontentlar tayyorlash va mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini taniqli shaxslar ishtirokida targʻib etish hamda ushbu davlatdan tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini oshirishdir.
Shuningdek, tashrif davomida ishtirokchilar Jizzax viloyatining Zomin tumanida «II Xalqaro Maqom» anjumaniga hamda hududlar boʻylab oʻtkazilayotgan Butunjahon yoshlar festivali tadbirlariga tashrif buyurib, ushbu tadbirlarning keng yoritdilar, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.