Futbol boʻyicha Jahon Chempionati 3-saralash bosqichi doirasidagi BAA – Oʻzbekiston oʻyinidan avval oʻtkazilgan matbuot anjumanida Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze BAA bosh murabbiyi uchun bu oʻyin terma jamoada ilk oʻyin ekanini aytdi.
JCH-2026 saralash bocqichi doirasidagi BAA – Oʻzbekiston uchrashuvi oldi matbuot anjumanida milliy jamoamiz bosh murabbiyi Temur Kapadze va yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov ham ishtirok etdi.
"Al Nahyan" oʻyingohi matbuot anjumani zalida 20 nafardan ortiq oʻzbekistonlik jurnalistlar ham ishtirok etdi.









