BAA delegatsiyasi vakillari Buxorodagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qildi

    Turizm 18 Aprel 2024 791

    Birlashgan Arab Amirliklari Sharja amirligi Hukumati ijrochi raisi Shayx Fahim ibn Sulton Ol Qosimiy boshchiligidagi delegatsiya yurtimizga tashrif buyurdi.

    Delegatsiya vakillari Buxorodagi “Mir Arab” madrasasi, “Minorai Kalon”, “Labi-Hovuz” va boshqa qator tarixiy majmualar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, Buxoro shahri va Sharja Amirligi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum (birodarlik bitimi) imzolandi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.

    Delegatsiya aʼzolari tashrif davomida Samarqanddagi bir qancha qator tarixiy maskanlar va “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ham boʻladi. Bundan tashqari, universitet qoshidagi Art-Rezidensiyada Sharja amirligining arxeologik topilmalari koʻrgazmasining ochilish marosimida ham ishtirok etadi.