Bu haqda Buyuk Britaniyaning Financial Times (FT) gazetasi xabar berdi va BAA rejalarini mamlakat allaqachon milliardlab dollar sarmoya kiritgan texnologiyadan foydalanishga bo'lgan radikal urinish deb atadi.
BAA Bosh vaziri Muhammad bin Roshid Ol Maktum sun'iy intellektdan foydalanish qonunlarni yaratish jarayonini tezroq va aniqroq qilishiga ishonchi komil. Hukumat sun'iy intellektning joriy etilishi qonun ijodkorligi tezligini 70 foizga oshirishini kutmoqda. Bundan tashqari, ushbu texnologiya yordamida BAA rasmiylari qonunlarning mamlakat aholisi va iqtisodiyotiga ta'sirini kuzatish niyatida. Ushbu ulkan rejalarni amalga oshirish uchun federal va mahalliy qonunlar, sud qarorlari va davlat xizmatlari to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan keng ko'lamli ma'lumotlar bazasi yaratiladi.
Kopengagen biznes maktabi professori Roni Medalya BAAning bunday tashabbuslariini qo'rqmay olib borilayotgan rejalar, deb hisoblamoqda va rasmiylarning “Sun'iy intellektni o'ziga xos qonun chiqaruvchiga aylantirishdan yashirin maqsadi” borligini taxmin qilmoqda. Biroq tadqiqotchilar BAA bir qator qiyinchiliklar va tuzoqlarga duch kelishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Sun'iy intellekt qonunlarni odamlar kabi talqin qila olmasligi, shuningdek, tizimning ishonchliligi va barqarorligi bilan bog'liq nosozliklar va muammolar ehtimoli bor.
Oksford universiteti tadqiqotchisi Vinsent Shtraub BAA fuqarolarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qonunchilikdagi o'zgarishlarni bashorat qilish uchun sun'iy intellektdan foydalanishga innovatsion yondashuvini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, bu sezilarli xarajatlarni tejashga olib kelishi mumkin, chunki hukumat odatda qonunchilikni ko'rib chiqish uchun advokatlik firmalarga murojaat qiladi, deb xabar beradi oxu.az.