Muloqot chogʻida Oʻzbekistonning turizm salohiyatini keng targʻib qilish, oʻzaro tashriflar va mazkur sohada tahsil olayotgan talabalar uchun oʻquv amaliyoti dasturlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
BAA tomoni Oʻzbekistonning boy madaniy, tarixiy va tabiiy sayyohlik salohiyatini yuksak baholadi. Shu bois joriy yilning 27-29-noyabr kunlari boʻlib oʻtadigan «Ipak yoʻlida turizm« Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida maxsus pavilyon bilan ishtirok etish istagini maʼlum qildi.
«Shuningdek, kompaniyamizning Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy idorasini Toshkent shahrida ochishni rejalashtiryapmiz, – dedi Muhammad Abdulmavla Musa Hamad. – Amaliy qadamlarni boshlash uchun safar davomida Oʻzbekistonning yirik sayyohlik kompaniyalari bilan aloqa oʻrnatishga tayyormiz. Bundan tashqari, Oʻzbekistonda turizm yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar uchun Dubay shahrida 15 kunlik amaliyot kurslarini uyushtirishmiz mumkin«.
Tomonlar, shuningdek, BAAdan Oʻzbekistonga turistlar oqimini oshirish qaratilgan targʻibot tadbirlarini birgalikda tashkil etish, kadrlar tayyorlash yoʻnalishida oʻquv-amaliyot dasturlarini birgalikda ishlab chiqishga kelishib oldilar.








