«Silal» 2020-yilda tashkil etilgan va BAAdagi ADQ xolding kompaniyasining sho‘ba korxonasidir. Meva va sabzavotlarni yetishtirish, marketing olib borish va sotish bo‘yicha yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda «Silal» 10 dan ortiq qadoqlash va tarqatish punktlarini boshqaradi va har yili 100 ming tonnadan ortiq meva, rezavorlar va sabzavotlar yetishtiradi, shuningdek, arrefour, Lulu va oop supermarketlar tarmoqlariga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beradi.
Uchrashuv davomida kompaniya vakillariga O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yaratilgan imkoniyatlar taqdim etilib, yangi, istiqbolli loyiha tashabbuslari taklif etildi.
O‘z navbatida, BAA tomoni mamlakatimizda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhitini yuqori baholadi hamda meva-sabzavot yetishtirish va qayta ishlash, BAA va Yaqin Sharq bozorlarida talabga ega bo‘lgan mahsulotlarni yetkazib berish zanjirlarini tashkil etish bo‘yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyorligini bildirdi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.