Ma'lum bo'lishicha, O'zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonaga ushbu shahardagi «Al Rashid» shifoxonasi davolanayotgan vatandoshimiz M.A. yurtimizga yuborish masalasida amaliy yordam so'rab murojaat qilgan. Vakolatxona xodimlari ushbu murojaat asosida mazkur shifoxonaga bo'lib, shifokorlar bilan uchrashdi.
Unda ma'lum qilinishicha joriy yilning 1 iyul` kuni fuqaro A.M. sog'ligidan shikoyat qilib «Dubai Hospital»ga murojaat qilgan. Vatandoshimizning sog'ligi yomonlashgani tufayli u keyinchalik «Al Rashid» shifoxonasiga o'tgazilgan.
Olib borilgan o'rnishlarga ko'ra, yurtdoshimiz 2020 yil 14 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklariga sayyohlik viza asosida kelgan. Ayni paytda u ushbu mamlakatda noqonuniy bo'lib turgani aniqlandi. Shu bilan birga vatandoshimizni Vatanga qaytarish uchun noqonuniy yashab kelayotgan muddatda umumiy miqdori 90.000 ming dirxam (24.800 AQSh dollari) qarzi borligi, mazkur qarzni to'lamagan taqdirda BAA hududini tark eta olmasligi ma'lum bo'ldi.
Bosh konsulxona xodimlarining BAA huquqni muhofaza qiluvchi va tegishli organlari bilan olib borgan muzokaralari natijasida hamyurtimizning barcha qarzlaridan voz kechildi va yuzaga kelgan barcha muammolar bartaraf etildi.
M.A. bugun mamlakatimiz diplomatlari, BAAda istiqomat qilayotgan faol vatandoshlarimiz va «Ayollar va bollalarga yordam ko'rsatish markazi» xayriya tashkiloti ko'magida «Dubay – Toshkent» aviaqatnovi bilan O'zbekistonga kuzatib qo'yildi.