«Yalla Mishwar» taxallusi bilan tanilgan Yasin va Ola juftligi 25 davlatga sayohat qilib, mamlakatlarning tarixiy shaharlari, milliy hunarmandchiligi va gastronomiyasiga oid turkum kontentlar tayyorlab, ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad yurtimizning turizm salohiyati bilan arab davlatlari fuqarolarini yaqindan tanishtirish va bu orqali O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish hamda respublikamizning turizm sohasidagi imkoniyatlarini xorijiy OAVda keng targ‘ib etishga qaratilgan.
Blogerlar Toshkent va Samarqanddagi diqqatga sazovor joylar, hamda Jizzax viloyati, Zomin tumanida barpo etilgan yangi turistik ob'ektlar haqida qiziqarli kontentlar tayyorlashni reja qilgan, deb xabar beradi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.