Kasalliklardan oʻlim koʻrsatkichi boʻyicha bachadon boʻyni saratoni barcha yoshdagi ayollar oʻrtasida koʻkrak bezi va oshqozon saratonidan keyin uchinchi oʻrinda va tugʻish yoshidagi ayollar (15–44 yosh) orasida esa bachadon saratonidan oʻlim koʻrsatkichi boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti hamda Janubiy Koreyaning KOFIH fondi hamkorligida Toshkent shahrida 5 ta va Andijon viloyatida 2 ta quyidagi markaziy oilaviy poliklinikalarda bepul skrining jarayonlari davom etmoqda:

Tashkent shaxri uchun:

1. Yunusobod tumani markaziy poliklinikasi
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani-19, Yunus ota koʻchasi, (sobiq T.Zaxidova), 2. tel: 71 223-10-81; 71 223-10-80.

2. Chilonzor tumani markaziy poliklinikasi
Manzil: Toshkent shahri, Bunyodkor koʻchasi, 7A. tel: 71 273-51-99; 71 273-38-19

3. Mirzo Ulugʻbek tumani markaziy poliklinikasi
Manzil: Toshkent shahri, TTZ-2. tel: 71 261-64-60; 71 264-56-15.

4. Yashnobod tumani markaziy poliklinikasi
Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod koʻchasi, Mahtumquli (sobiq. Tarraqiyot), 2. tel: 71 231-75-08.

5. Shayxontohur tumanidagi markaziy poliklinika
Manzil: Toshkent shahri, Koʻkcha darvoza koʻchasi, (Sobiq Mannon Uygʻur), 305. tel: 71 242-06-95.

Andijon viloyati uchun:

1. Andijon shahar tibbiyot birlashmasi koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi
Manzil: Andijon shahri, Mashrab koʻchasi, 39-uy. tel: 74 226-52-34; 74 226-76-98.

2. Andijon shahar tibbiyot birlashmasi 1-oilaviy poliklinikasi
Manzil: Andijon shahri, Toshkent koʻchasi, 50-uy. tel:74 227-42-74.

Roʻyxatda turgan 30 yoshdan 49 yoshgacha boʻlgan barcha ayollar BBR (bachadon boʻyni saratoni)ga bepul tekshirildi.

Toshkent shaxri va Andijon viloyati boʻylab 10000 nafardan ortiq ayollar skrining tekshiruvlaridan oʻtishdi.

Tekshiruv natijalari buyicha 10 % foiz ayollarda, virus aniqlandi. Skrining tekshirish jarayonida aniqlangan oʻzgarishlar tegishli shifokorlar tomonidan nazoratga olinib, kerakli tavsiyalar berilmoqda.

Imkoniyatingizni qoʻldan boy bermang!