Badanni sovutishning eng samarali usulini bilasizmi?

    Mutaxassis shuningdek, terlab turgan odam uchun haroratning keskin oʻzgarishi uning organizmini stressga olib kelishi mumkinligini maʼlum qildi. Bu stress badandagi nam darhol sovishi oqibatida keskinlashadi.

    Ayni kunlarda havo ancha salqinlashib qolgan boʻlsa-da, aksariyat odamlar konditsionerlardan maksimal darajada foydalanishda davom etyapti. Moskva sogʻliqni saqlash departamenti mutaxassisi Andrey Tyajelnikovning aytishicha, terlab turgan odamning keskin sovishi immunitetning yomonlashuviga olib kelishi mumkin.

    Mutaxassis shuningdek, terlab turgan odam uchun haroratning keskin oʻzgarishi uning organizmini stressga olib kelishi mumkinligini maʼlum qildi. Bu stress badandagi nam darhol sovishi oqibatida keskinlashadi.

    Shuning uchun konditsionerlardan foydalanishda ehtiyot boʻlish lozim. Mashina ichida haroratni konditsionerning birdaniga juda sovuq harorat rejimiga qoʻymay, sekin-asta sovitish lozim.

    Mutaxassis shamolli ob-havoda sayr qilishdan ham saqlanish va iloji boricha, 25 darajagacha haroratda qolishni tavsiya qilgan. U badanni sovitishning eng samarali usuli sifatida dush qabul qilishni va dushning ham sovuq boʻlmasligini maslahat beradi.

    Dushni kuniga iloji boricha bir necha marta qabul qilish lozim. Dush yoqimsiz ter hididan, badandagi ortiqcha yogʻ va changdan xalos boʻlishga, teri teshikchalarining tozalanishiga yordam beradi.