Bagʻdodda zamonaviy oqava suv tozalash inshooti barpo etilmoqda

    Mamlakatimizda 16 Sentabr 2021 1045

    Ayni kunlarda Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanining dasht hududi hisoblangan “Muruvvat” MFYda yangi zamonaviy shaharcha barpo etish ishlari yakunlanyapti.

    Bu yerda 1 260 ta xonadondan iborat 61 ta koʻp qavatli uy-joylar, umumtaʼlim maktabi, Madaniyat markazi, maktabgacha taʼlim tashkiloti, yangi MFY binosi, poliklinika, savdo majmuasi, kovorking markazi, sport kompleksi, istirohat bogʻi singari ijtimoiy soha obyektlari qad rostlayapti.

    “Fargʻona suv taʼminoti” MCHJ tomonidan bugungi kunga qadar ushbu shaharchadagi xonadonlar va obyektlar toʻliq toza ichimlik suvi bilan taʼminlanib, hududdagi koʻp qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlarini oqava suv (kanalizatsiya) xizmati bilan taʼminlash maqsadida, uzunligi 3,5 kilometr, diametri 500 millimetr boʻlgan oqava suv tarmoqlari tortildi.

    Shuningdek, umumiy maydoni 4 gektar boʻlgan, hamda sutkada 1 000 kubometr oqava suvlarni qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan zamonaviy oqava suv tozalash inshooti qurish ishlari jadal surʼatlarda olib borilyapti.

    Fargʻona viloyati hokimligi matbuot xizmati.