Jalolov oltin medal uchun kechgan bellashuvda amerikalik Richard Torresga qarshi jang qildi. Oʻzining aniq va kuchli zarbalari bilan raqibni ojiz qoldirgan Bahodir sovrinlari qatoriga eng ogʻir vazn toifasida Olimpiya oʻyinlari chempionligini ham qoʻshib qoʻydi.

Shu bilan delegatsiyamizning mazkur Olimpiya oʻyinlarida jamgʻargan medallari soni 3 ta oltin va 2 ta bronzani tashkil etadi, deb xabar beradi Milliy Olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.