баннер
19 Fev 2025
08:19

    Bahodir Jalolov boʻlajak raqibi haqida gapirdi

    Bahodir Jalolov (9-0, 9 KO) 18-mart kuni Dubayda polshalik Kamil Cokolovski (11-25, 4KO)ga qarshi ringga koʻtariladi.

    Charm qoʻlqop ustasi Bahodir Jalolov raqibi hamda tayyorgarligi haqida Olamsport.com saytiga qisqa intervyu berdi.

    "Cokolovskiga qarshi mart oyida boʻladigan jangimga tayyorgarlik olib boryapmiz. Raqibim juda koʻp magʻlubiyatga uchragan boʻlsa ham, hali hech kim uni nokaut qila olmagan. Juda chidamli bokschi. Devid Prays, Dillian Uayt kabi kuchli va taniqli bokschilar bilan jang qilgan. Shunga qaramay birortasi uni yiqita olmagan, magʻlubiyatga uchragan boʻlsa ham oxirgacha jang qilgan. Promouter, menejerlarim hamma raqiblarini bir-ikki raundda nokaut qilavermasin, deb shunaqa chidamli raqibni berishdi.

    Jang 8 raund boʻladi, shuning uchun ham zarba koʻtaradigan raqib boʻlishi kerak edi. Katta janglarga chiqqanimda koʻproq raund ishlashga oʻrganishim lozim. Birinchi oʻrindagi maqsadim - reytingimni koʻtarish. Kamilning ham rekordi yaxshi, yuqori reytingli bokschilarga qarshi ringga chiqqanlar bilan jang qilsa reytingda koʻtarilish oson boʻladi.

    Ayni paytda mashgʻulotlarni Yangiobod sport bazasida olib boryapmiz. Tez kunda xorijdan sparring sheriklar kelishi kerak, ular kelganidan soʻng 8 raundlik jangga tayyorgalikni boshlaymiz", - dedi Bahodir.

    Manba

    Telegram kanalimiz
    Text to speech