Bahodir Jalolov bugungi jang uchun qancha pul ishlab olishi ma'lum bo'ldi

    Sport 27 Noyabr 2022 2507

    Bahodir Jalolov bugun AQSHning Kaliforniya shtatida ringga ko'tarildi.

    Ushbu jangda hamyurtimiz amerikalik Kyortis Xarperni 4-raundda nokautga uchratdi.

    Jalol Ahmedov o'z kanalida xabar berishicha, bokschimiz ushbu jang uchun 25 ming AQSH dollari miqdorida gonorar oladi. Qizig'i, uning raqibi Xarper esa 30 ming dollar pulga ega bo'ladi.

    Еslatib o'tamiz, bugun Bahodir prof boksdagi 12-jangida 12-g'alabasini qo'lga kiritdi.