Havaskor boksda ikki karra Olimpiada chempioni boʻlgan superogʻir vazn toifasidagi charm qoʻlqop ustamiz bugun Astanada Top Rank promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan turnir doirasida ukrainalik Igor Shevadzuskiyga qarshi ringga koʻtariladi.
Bokschimiz Turki al ash-Sheyxga tegishli The Ring jurnali muxbiriga bergan intervyusida superogʻir vazn toifasida WBC, WBA va WBO yoʻnalishlari chempioni ukrainalik Aleksandr Usik, shuningdek, britaniyalik sobiq chempion Entoni Joshua bilan jang qilishga tayyorligini aytgan.
«Men chempionlik yoʻlida uzoq yoʻlni bosib oʻtdim. Professional boksda oʻz oldimga qoʻyilgan maqsadlarni amalga oshirish fursati yetib keldi. Imkon qadar tezroq chempionlik jangini qoʻlga kiritishni istayman. Men jahon chempionlik kamari uchun kechadigan janglarga 100 foiz tayyorman. Xevivey chempionlari bilan janglarga shayman. Usik, Joshua — ular bilan jangga tayyorman«, — deya Jalolovning soʻzlarini keltirmoqda The Ring.