Bahodir Jalolov finalda!

    Sport 4 Avgust 2021 1892

    Super og‘ir vazn toifasida Olimpiada oltin medali uchun jang qilayotgan Bahodir Jalolov Tokio-2020 finaliga yo‘l oldi. Hamyurtimiz murosasiz kechgan yarim final bahsida britaniyalik bokschiga qarshi ringga ko‘tarildi.

    Freyzer Klarkka bilan o‘ta shiddatli va murosasiz ruhda kechgan jangda Jalolov o‘zining kuchli zarbalari bilan raqibini ojiz qoldirdi. Yakunda hakamlar ham bokschimizning g‘alabasini eʼtirof etishdi va o‘zbek o‘g‘loni Olimpiada finaliga yo‘l olmoqda.

    Ushbu g‘alaba bilan barcha muxlislarni tabriklab qolamiz va finalda ham Jalolovdan g‘alaba kutib qolamiz. Uning oltin medal uchun kechadigan bahsdagi raqibi Qozog‘iston va AQSH vakillari o‘rtasidagi jang g‘olibi bo‘ladi.