Musobaqaning oltinchi kunida Oʻzbekiston delegatsiyasi bayroqdori, ogʻir vanzdagi bokschiimiz Bahodir Jalolov ham ishtirokini boshladi.

U ozarboyjonlik Muhammad Abdullayev bilan boʻlgan 1/8 final jangida yaqqol ustun ekanligini namoyish qildi. Hatto ikkinchi raundda raqibini nokdaunga uchratdi va yakunda 5:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Bahodir keyingi bosqichda hindistonlik Satish Kumar bilan toʻqnash keladi.