Bahodir Jalolov janglardan oladigan gonorarini nimaga sarflashini aytdi

    Superogʻir vazn toifasidagi professional bokschimiz, Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov gonorarlarini qay maqsadlarga ishlatgani haqida gapirdi.

    "Toʻgʻrisini aytsam, yarmiga yaqinini ustozlarimga berdim. Sababi, shuncha qilgan mehnatimiz, natijalarimizda ustozlarimiz asosiy rolda. Qolganini oʻzimning oilamga sarfladim. Onamni Umra safariga joʻnatdim. Bizda, yaʼni, musulmonlarda Haj-Umra muhim hisoblanadi. Shuning uchun, onamni Umra safariga joʻnatdim va oilamning kamchiliklarini toʻldirdim.

    Singillarim, opalarimga qarashdim, chunki otam yoʻq. Ularga ota oʻrnida otaman. Shuning uchun, ularga ham yordam berdim. Shuningdek, pullarimning maʼlum qismini oʻzimning kamchiliklarimga ishlatdim", dedi Jalolov AIBA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

    Suhbatda Bahodir Jalolov aynan qaysi musobaqadan olgan gonorarlari haqida gap ketganini ochiqlamagan.