Bahodir Jalolov WBC reytingida TOP-10 ga kirib oldi

    Butunjahon boks ittifoqi (WBC) iyun oyi uchun yangilangan reytingni eʼlon qildi.

    Yangilangan reytingdan 8 nafar bokschimiz oʻrin olgan:

    Superogʻir vazn: Bahodir Jalolov oʻtgan oydagidan 2 pogʻona koʻtarilib 10-oʻringa joylashdi;

    Superoʻrta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqoʻziyev oʻtgan oydagi singari 13-oʻrinda;

    Yarimoʻrta vazn (66,6 kg):

    Shahram Gʻiyosov oʻtgan oydagidan 3 pogʻona balandlab, 8-oʻrinni band etgan boʻlsa;

    Jahongir Rasulov 2 pogʻona yuqoriladi va 31-oʻrinni egalladi;

    Birinchi yarimengil vazn (55,3 kg):

    Murodjon Ahmadaliyev 4-oʻrinda qoldi;

    Mirazizbek Mirzaxalilov oʻtgan oydagi kabi 28-oʻrinni band etdi;

    Yengil vazn (50,82 kg):

    Olimjon Nazarov oʻtgan oydagidan 2 pogʻona yuqorilab 30-oʻringa joylashdi;

    Birinchi oʻta yengil vazn (47,6 kg):

    Hasanboy Doʻsmatov oʻtgan oydagidan pogʻona balandlab, 5-oʻrin band etdi.