Bahodir Jalolov WBC talqini boʻyicha yilning eng yaxshisi boʻlishi mumkin. U nomzodlar safida!

    Sport 11 Yanvar 2024 621

    Super ogʻir vazn toifasidagi bokschimiz Bahodir Jalolov Butunjahon boks kengashi (WBC) tomonidan istiqbolli bokschi nominatsiyasida nomzodlar qatoriga kiritildi.

    Bu haqda tashkilot oʻz rasmiy sahifasida maʼlum qildi.

    Mazkur nominatsiya yil davomida oʻz isteʼdodini koʻrsatib, katta oʻsishga erishgan bokschilarga taqdim etiladi. Bahodir Jalolovdan tashqari ushbu sovrin uchun irlandiyalik Kallum Valsʼh, meksikalik Xose Salas, amerikalik Richard Torres va Floyd Shofiyeld hamda Gvatemala vakili Lester Martinez daʼvogarlik qilmoqda.

    Gʻolib sportchi nomi ovoz berish yoʻli bilan aniqlanadi. Hozirda WBCning Instagram sahifasida ovoz berish jarayoni ketmoqda.

    “Har yili minglab isteʼdodlar oʻz qobiliyatlarini namoyish etishadi va ulardan bittasini tanlash juda ham mushkul ish. Bu bizning yakuniy olti bokschimiz. Siz ulardan birini tanlashingiz mumkin”, — deyiladi tashkilot xabarida.