Ushbu jang tasdiqlandi. U aynan shu kuni AQSHning Kaliforniya shtati Karson shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomida ringga koʻtariladi. Oʻsha kuni Bahodirga amerikalik Kyortis Xarper raqiblik qiladi. Jang 10 raunddan iborat boʻladi.
Maʼlumot uchun, Bahodir shu kungacha professional boksda 11 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida raqiblarini muddatidan avval magʻlub etgan. Xarper esa 22 ta jang oʻtkazgan va ularning 14 tasida gʻalabaga erishgan (9 ta nokaut). 8 ta jangda magʻlub boʻlgan (3 ta nokaut).
Kechaning markaziy jangida Regis Progreys va Xose Zepeda vakant boʻlib turgan WBC kamari uchun ringga koʻtariladi.