Iqlim sharoitini hisobga olmasdan, suv yoʻq joylarga daraxt ekilgani uchun minglab tup daraxt koʻkarmagan.
Masalan, sugʻorish tizimi yoʻq joyga Toshkent shahrida 322 ming, Samarqandda 96 ming, Toshkent viloyatida 67 ming, Qoraqalpogʻistonda 61 ming, Buxoroda 24 ming, Navoiyda 15 ming koʻchat ekilgan.
Hisobotga qoʻshib yozish eng koʻp Buxoro, Toshkent, Andijon, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida va Toshkent shahrida qayd etilgan.
Shu munosabat bilan Bosh prokuraturaga sohadagi nazoratni kuchaytirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Har bir hokim, vazir, tashkilotga qayerga, qancha koʻchat ekish egasi, joyi, suvi va mablagʻi bilan aniq belgilab berish topshirildi, mutasaddilar buning ijrosi boʻyicha qatʼiy soʻrov boʻlishi haqida ogohlantirildi.