Diyetologning aytishicha, bahorda vitamin, antioksidant hamda kletchatkaga boy mahsulotlar iste'mol qilish zarur. Bu organizmning yo'qolgan tonusini tiklash imkonini beradi.

Shu bois sabzavotlar, mevalar va o'rmon mevalari iste'moliga ko'proq e'tibor qaratish maqsadga muvofiq.

“Sabzavotlar, mevalar va o'rmon mevalari organizm uchun zarur S, kletchatka,  bioflavonoidlar, antioksidantlar manbai. Yangi, mavsumiy sabzavotlar, mevalar va o'rmon mevalari ayni paytda yo'q. Shuning uchun sovitilgan mahsulotlarga e'tibor qaratish lozim, deya qayd etdi mutaxassis.

“S vitaminiga bo'lgan ehtiyojni hozirda bozorlarda ko'p miqdorda topsa bo'ladigan tuzlangan karam, sovitilgan holda saqlanadigan qorag'at (smorodina), bulg'or qalampiri, sitrus mevalar hisobiga qoplash mumkin”, deydi Solomatina.

Bundan tashqari, diyetolog bahoriy ratsionga rediska hamda ko'katlarni qo'shishni ham tavsiya qildi.

Shifokorning aytishicha, qishdan chiqqan organiz A, V, D va Y vitaminlariga ham ehtiyoj sezadi. Shuning uchun yong'oq, go'sht, baliq, smetana va boshqa mahsulotlarni iste'mol qilish tavsiya etiladi, deb yozadi ria.ru.