Unda afsonaviy “Bahor” ansambli sanʼat ustalari tomonidan yaratilgan betakror repertuarlar hamda Mukarrama Turgʻunboyeva davri ijodiy uslubi ruhiyatiga mos keluvchi yangi raqs kompozitsiyalari taqdim etildi.
Badiiy rahbar – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Qoraqalpogʻiston xalq artisti Ziyoda Madrahimova, rejissyor - Asqar Xolmoʻminov, musiqa rahbari - Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Mahammadjon Shokirov va bir qator ansambl ijodkorlari tomonidan tashkillashtirilgan ushbu dastur barchaga betakror va unutilmas taassurotlar baxsh etdi.
Shuningdek, teatrlashtirilgan konsert dasturida tomoshabinlar diqqatiga oʻzbek raqs sanʼati merosidan joy olgan oʻziga xos va zamonaviy baletmeysterlar tomonidan sahnalashtirilgan raqslar guldastasi ham namoyish etildi.