Qizlar oʻrtasida 75 kilometr masofada oʻtkazilgan guruh poygasida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Gulhayo Sattorova 1 soat 59 daqiqa 26 soniya natija bilan barcha raqiblarini ortda qoldirdi va marra chizigʻini birinchi boʻlib kesib oʻtdi.
Shu tariqa, sportchimiz mamlakatimiz delegatsiyasi uchun oltin medalni hadya etdi.
Senat raisi Tanzila Narbayeva gʻolibga qoʻngʻiroq qilib, uni oltin medal bilan tabrikladi.








