Farmoyish bilan 2025/2026 oʻquv yili va kelgusi 3 oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi. Bunda:
- bakalavriat bosqichiga kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha:
▪️ 2025/2026 oʻquv yili uchun – 35 500 ta;
▪️ 2026/2027 oʻquv yili uchun – 36 023 ta;
▪️ 2027/2028 oʻquv yili uchun – 36 460 ta;
▪️ 2028/2029 oʻquv yili uchun – 36 761 ta.
magistratura bosqichiga kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha:
- 2025/2026 oʻquv yili uchun – 9 922 ta;
- 2026/2027 oʻquv yili uchun – 10 191 ta;
- 2027/2028 oʻquv yili uchun – 10 477 ta;
- 2028/2029 oʻquv yili uchun – 10 784 ta.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilar boʻyicha takliflarni Davlat komissiyasiga taqdim etadi:
respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;
davlat oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat grantining taʼlim yoʻnalishlari kesimidagi taqsimoti boʻyicha;
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi bilan birgalikda xotin-qizlar uchun ajratilgan 4 000 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan.








