Tanlovda ishtirok etib, sovrindor boʻlmagan talabalar ham tegishli OTM rahbari (rektor/direktor) tomonidan ragʻbatlantiriladi.
Jumladan:
- Prezident davlat stipendiyasi talabgorlari sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari;
- nomli davlat stipendiyalari talabgorlari esa, sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.
Maʼlumot uchun, magistratura mutaxassisliklari boʻyicha Prezident stipendiyasi gʻoliblari vazirlik Hayʼatida tasdiqlangandan soʻng eʼlon qilinadi.