19-23-sentyabr kunlari Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo'yicha ayollar o'rtasida VIII "Balkan" xalqaro turniri o'tkaziladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Jahonning etakchi bokschi qizlari qatnashishi kutilayotgan mazkur musobaqada Elshod Rasulov murabbiyligidagi jamoamiz ham qatnashadi. Bugun vakillarimiz Sofiyaga quyidagi tarkibda yo'l olishdi:

-48 kg: Farzona Fozilova

-50 kg: Aziza Yakubova

-52 kg: Feruza Kazakova

-54 kg: Nigina O'ktamova

-57 kg: Sitora Turdibekova

-60 kg: Mohinabonu Abdullaeva

-63 kg: Hadichabonu Abdullaeva

-66 kg: Navbahor Hamidova

-70 kg: Mavluda Mavlonova

Bosh murabbiy: Elshod Rasulov

Murabbiylar: Islom Tojiboev, Ziyatdinbek Taygonboev