Bu haqda Sputnik NTV telekanali xabariga asoslanib maʼlumot bermoqda.
Moskva viloyatining Podolsk shahrida yosh bolaning hayotini saqlab qolgan oʻzbekistonlik migrantlar 4 yoshli qizaloq toʻrtinchi qavatdagi xonadon oynasidan tashqariga chiqqani, lekin qaytib kira olmay, yordam soʻrab yigʻlaganini eshitib qolishadi. Vatandoshlarimiz oʻsha yerda oʻt oʻrayotgan boʻlishadi. Bir necha kishilashib, bola tushib ketishi mumkin boʻlgan joyda mato yordamida uni tutib qolishadi. Xozir toʻrt yoshli qizaloq sogʻ-salomat shifokorlar nazorati ostida.
Qutqaruvchilar yetib kelganda bola tushib ketgan uyning eshigi haligacha yopiq edi. Ichkarida uning onasi mast holda boʻlgani aniqlangan.
Voqeadan biroz oʻtib Podolsk shahar meri Nikolay Pestov mahalliy JEK ishchilari oʻzbekistonlik Bekmurod Turdaliyev, Elbek Saliyev, Zairbek Djurabayev va Faxridin Risbayevlarga minnatdolik bildirgan.