Baltimorda qulab tushgan ko'prik: daryoda 20 ga yaqin odam qidirilmoqda

    Baltimorda (AQSh) qutqaruvchilar ko'prik qulashi vaqtida mashinalari bilan birga Patapsko daryosiga tushib ketgani taxmin qilinayotgan yigirma kishini qidirmoqda. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

    Qayd etilishicha, qulash vaqtida ko'prikda bir nechta avtomobil bo'lgan.

    Shahar o't o'chirish boshqarmasi xodimi Kevin Kartraytning ta'kidlashicha, ko'prik tunda qulab tushgani va ko'rish imkoniyatining kamligi qidiruvni qiyinlashtirmoqda, qolaversa havo ham sovuq. Qutqaruvchilar ko'prikning qolgan konstruksiyalari qulab tushishi xavfini ham hisobga olmoqda.

    O't o'chiruvchilar, g'avvoslar va AQSh qirg'oq xavfsizligi xodimlari odamlarni qidirmoqda.

    26-martga o'tar kechasi konteyner kemasi Frensis Skott Ki ko'prigi tayanchiga borib urilgandi. Ko'prik bir necha soniyadan keyin suvga qulagan.

    Merilend gubernatori Ues Mur hududda favqulodda holat e'lon qildi.

    2632 kilometr uzunlikdagi to'rt polosali Frensis Skott Ki ko'prigi 1977-yilda qurilgan, deb xabar beradi korrespondent.net.