Baltimordagi ko'prikning qulab tushishi oqibatida olti kishi hayotdan ko'z yumdi

    Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, AQSh sharqidagi Baltimor shahrida ko'prikning qulashi oqibatida kamida olti kishi halok bo'ldi.

    Bu haqda Brawner Builders kompaniyasi vitse-prezidenti vazifasini bajaruvchi Jeffri Pritskerga tayanib NBC News xabar berdi.

    Unga ko'ra, halokatdan bir kishi omon qolgan.

    26-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 01:19 da Baltimordagi Frensis Skott Ki ko'prigiga Singapur bayrog'i ostida suzib ketayotgan Dali konteyner tashuvchi kemaning urilib ketishi oqibatida inshoot qulab tushdi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda ko'prikning qulagani tasvirlari tarqaldi. Ularda zarbadan keyin ko'prik oraliqlari qulab tusha boshlagani va ular ustidagi bir nechta avtomobil metall konstruktsiyasi bilan birga suvga tushib ketgani aks etgan.

    Merilend gubernatori Ues Mur hududda favqulodda holat e'lon qildi, deb xabar beradi report.az.