Bambuk tayoq odamni dunyodagi eng xavfli ayiqdan qutqardi

    Hindistonning Odisha (Orissa shtati) Jajpur shahri yaqinida joylashgan qishloqda yashovchi fuqaro bozordan qaytayotganida unga “yalqov ayiq” hujum qildi.

    65 yoshli Sukadev Maxakuda bozordan uyiga o'rmon bo'ylab qaytayotganida to'satdan unga o'ziga xos ko'rinishi tufayli “yalqov ayiq” nomini olgan dunyoning eng xavfli ayiq (Melursus ursinus) hujum qildi. Erkak bambuk tayoq bilan himoyalana boshladi. Bir necha daqiqadan so'ng ayiq bo'shashganidan foydalanib, Maxakuda qochishga muvaffaq bo'ldi.

    Hujum natijasida erkak tanasining bir necha qismi jarohatlandi, hozirda u Sukinda shahridagi shifoxonada davolanmoqda.

    Mahalliy aholining so'zlariga ko'ra, ular ayiqlarning hujumlari kuchayganidan xavotirda. Qishloq aholisining fikricha, mahalliy hokimiyat aholini yovvoyi hayvonlar hujumidan himoya qilish uchun yetarlicha chora ko'rmayapti.

    “Yalqov ayiq” Hindiston, Pokiston, Shri-Lanka, Bangladesh, Nepal va Butan hududlarida yashaydi. Ularning bo'yi 90 santimetrgacha bo'ladi. Ular asosan chumolilar va termitlar bilan oziqlanadi. Ular u qadar gavdali bo'lmasa-da dunyodagi eng xavfli ayiqlardan sanaladi. So'nggi 20 yil ichida yuzlab hindistonliklar mazkur ayiqlarning hujumidan halok bo'ldi va minglab odam jarohat oldi, deb xabar beradi mir24.tv.