Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 7 ta xorijiy davlatdan 35,6 ming tonna banan import qilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 16,7 ming tonnaga oshgan.

2021-yilning 8 oyida Oʻzbekiston eng koʻp banan import qilgan davlatlar:

Ekvador – 34,8 ming tonna;

Turkiya – 335,2 tona;

Qozogʻiston – 240,6 tonna;

Qirgʻiz R. – 218,6 tonna;

Rossiya – 58,4 tona;

Xindiston – 20,8 tona.