Bangkokda maktab avtobusida yuz bergan yong'in oqibatida 25 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Bangkokda maktab avtobusidagi yong'in tufayli 22 nafar bola, 3 nafar o'qituvchi halok bo'ldi.

    Bu haqda Thai PBS telekanali xabar berdi.

    Avvalroq o'n kishi halok bo'lgani haqida xabar berilgan edi.

    Thai PBS telekanali xabariga ko'ra, Utxaytxani viloyatidagi maktablardan birining o'quvchilari – 38 nafar bola va 6 nafar o'qituvchi ikki qavatli avtobusda Tailand poytaxtining diqqatga sazovor joylariga sayohat qilish uchun kelishgan. Tailand Ichki ishlar vaziri Anutxin Chanvirakun 16 nafar bola va 3 nafar o'qituvchining transport vositasidan evakuatsiya qilinganini, ulardan ba'zilari shifoxonaga olib ketilganini aytdi.

    Guvohlarning aytishicha, ular avtobusning orqa qismida portlash sodir bo'lganini ko'rgan, shundan so'ng transport vositasi alanga ichida qolgan. Dastlabki tergov ma'lumotlariga ko'ra, avtobus g'ildiragining dami chiqib ketgan, oqibatda u metall panjaraga urilib, yonilg'i baki yonib ketgan. Transport vaziri Suriya Tingrungriangkit uning bo'limi tabiiy gazdan motor yonilg'isi sifatida foydalanish xavfsizligi masalasini ko'rib chiqishini aytdi. Yonib ketgan avtobus suyultirilgan gaz vositasida harakatlangan, deb xabar beradi tass.ru.