Bangladesh: norozilik namoyishlarida halok bo'lganlar soni 50 kishiga yetdi

    Bangladeshda hukumat ishlari uchun kvota tizimiga qarshi namoyishlar chog'ida kamida 50 kishi halok bo'ldi.

    Bu haqda shifokorlar ma'lumotlariga tayanib, Agence France-Presse xabar bermoqda.

    Birgina juma kungi namoyishlarda besh kishi halok bo'ldi.

    Huquq-tartibot idoralari namoyishlarni tarqatish uchun rezina o'q va suv purkagichlardan foydalanmoqda. Namoyishchilar ko'chalarga tayoq va toshlar bilan chiqishmoqda. Ularning ko'pchiligi mototsikl dubulg'alarini kiyib olgan. Harbiy vertolyotlar mamlakat poytaxti Dakka uzra parvoz qilayotgani kuzatildi. Ko'chalarga zirhli texnikalar chiqarildi, deb xabar beradi report.az.