Bangladesh: suv toshqini oqibatida o'ndan ortiq kishi hayotdan ko'z yumdi

    Bangladeshda suv toshqini oqibatida o'ndan ortiq kishi qurbon bo'ldi, yuz minglab odam evakuatsiya qilindi.

    Shimoliy hududlarda bir milliondan ortiq odam tashqi dunyodan uzilib qoldi. Silxet tumanida 900 ga yaqin qishloq suv ostida qoldi. Qutqarish choralarini ko'rish va zararni aniqlash uchun mintaqaga tabiiy ofatga qarshi kurash guruhlari yuborildi. Jabrlangan hududlardagi maktablar evakuatsiya qilinganlar uchun boshpanalarga aylantirildi.

    Bangladeshda yirik yo'llardagi kuchli suv toshqini tufayli transport harakati to'xtab qoldi. Mahalliy hokimiyat turistik obyektlar bo'ylab sayohat qilishni taqiqladi, deb xabar beradi mir24.tv.