Bangladeshda jazirama tufayli kamida 10 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Bangladeshda so'nggi bir hafta ichida kuchli jazirama oqibatida kamida 10 kishi vafot etdi.

    Osiyoning janubiy qismida joylashgan mamlakatning 17 ta hududida havo harorati yilning shu davridagi rekordlarni yangilamoqda: selsiy bo'yicha 40 darajadan oshdi va Dakkada 41 darajaga yetdi. Sinoptiklarning ogohlantirishicha, anomal issiq ob-havo yaqin kunlarda ham davom etadi.

    Rasmiylar aholini kun davomida ko'chada sayr qilmaslik, ko'p suv ichish va issiq havoda og'ir jismoniy harakat qilishdan saqlanishni tavsiya etdi, deb xabar beradi tass.ru.